Nemis tilini o‘qitish istiqb...
Nemis tilini o‘qitish istiqbollari
2024-yilning 5-8-noyabr kunlari Toshkent shahrida Gyote instituti tashabbusi bilan “Nemis tilini o‘qitish istiqbollari” mavzusida Markaziy Osiyo mamlakatlari maktab direktorlari ishtirokidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdim. Ushbu konferensiyada Markaziy Osiyoda nemis tilini o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimi borasida Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonlik maktabida nemis tili o‘qitilayotgan direktorlar ishtirokida Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida Gyote institutining Toshkentdagi va Almatidagi filiallari faoliyati, ayniqsa PASCH- maktablar: kelajak hamkorlari loyihasida amalga oshirilayotgan yangi tashabbuslari va istiqbollari keng muhokama qilindi. Shuningdek, Germaniya ta’lim tizimi, dual ta’lim istiqbollari, malakali nemis tili o‘qituvchilarini tanlab olish va ularni malakasini oshirishini tizimli ravishda qo‘llab-quvvatlash, nemis tilini o‘qitish va o‘rganishning sabablari, Germaniyada malakali ishchi kuchini yetishmasligi va uni to‘ldirish borasida qilinadigan sa’yi-harakatlar, Germaniya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishdagi masalalar, Germaniyaning Klett nashriyoti faoliyati, kasbga yo‘naltirish va STEM dasturi kabi loyihalar bilan tanishdik, kerakli bilimlarga ega bo‘ldik hamda muammoli vaziyatlarni ko‘rib chiqib ularni yechimi borasida o‘z fikrlarimizni amaliy ishlanmalar bilan takliflarimizni berdik. Men ham ushbu konferensiyada o‘z tajribamdan kelib chiqib nemis tilini o‘qitish borasidagi oldimizda turgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha taqdimot qilib, takliflarim va tashabbuslarimni berib o‘tdim. Shuningdek, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan an’anaviy har yili o‘tkaziladigan nemis tili o‘qituvchilari kuni va forumida ham ishtirok etdik. Shunday qilib, bir hafta davom etgan xalqaro konferensiya juda foydali va amaliy ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab, meni ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etishimga shart-sharoit yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...