Ona tili – milliy özligimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Ona tili – milliy özligimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Ona tili – milliy özligimiz va ma’naviyatimiz timsoli!

Bugun Qarşi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining kutubxonasida “Til – millat közgusi, söz – xalq ruhi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy keça taşkil etildi. Tadbirda ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri S.Ergaşov, kutubxona xodimlari hamda akademik litsey öquvçilari iştirok etdilar. Keçadan közlangan asosiy maqsad öquvçilarda ona tiliga bölgan hurmat va ehtiromni yuksaltiriş, milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy merosimizga daxldorlik tuyǧusini mustahkamlaş, özbek tilining boy imkoniyatlarini keng tarǧib etişdan iborat böldi. Tadbir davomida ona tilining millat hayotidagi örni, xalqimiz tarixi, madaniyati va ma’naviyatini aks ettirişdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Öquvçilarni ona tilimizni asrab-avaylaş, uning sofligini saqlaş va kundalik hayotda adabiy til me’yorlariga rioya etişga undovçi mulohazalar bilan örtoqlaşildi. Mazmunli va samimiy ruhda ötgan keça öquvçilarning ona tiliga bölgan mehr-muhabbatini yanada oshirişga xizmat qildi.