Qarshi davlat texnika universiteti

Nuriston akademik litseyi

Bilim, izlanish va qat’iyat bilan oliy ta’lim sari.

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyi faoliyati va kelgusidagi istiqbol rejalari to‘g‘risida

MA’LUMOT

Qarshi davlat texnika universeteti Nuriston akademik litseyida 2025-2026 o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim mussasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 2829-sonli hamda 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 3290-sonli qarori, 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-sonli qarorlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida o‘z faoliyatini izchillik bilan davom ettirmoqda.

Akademik litseyda mavjud yo‘nalishlar:

1.Aniq fanlar-1

2.Aniq fanlar-2

3.Tabiiy fanlar-1

4.Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4

5.Ijtimoiy-gumanitar fanlar-5

6.Xorijiy tillar(ingliz tili, nemis tili)

Akademik litseyda jami 678 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda, shundan 289 nafarini qizlar tashkil etadi. 2-bosqich o‘quvchilar 336 nafar (158 nafari qizlar), 1-bosqich o‘quvchilari esa 342 nafarni tashkil qiladi (178 nafari qizlar). Ularga jami 67 nafar malakali o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berib keldi.

O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qatnashishi doimiy ravishda nomma-nom davomati yuritilib kelindi. O‘quvchilarni an’anaviy dars mashg‘ulotlariga qatnashishi davomati o‘rtacha 98-99% ni tashkil qildi. O‘quvchilarning davomatini yaxshilash maqsadida doimiy ravishda ota-onalar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

T/rToifasi (ilmiy darajasi)Soni
1PhD (falsafa doktori)2 nafar
2Bosh o‘qituchilar33 nafar
3Yetakchi o‘qituvchilar 6 nafar
4Katta o‘qituvchilar8 nafar
5Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar 2 nafar
Jami: 51 nafar
6Ichki o‘rindosh o‘qituvchilar5 nafar
7Tashqi o‘rindosh o‘qituvchilar11 nafar

O‘quv yili davomida akademik litsey o‘quvchilarining bilim darajasi oraliq va yakuniy nazoratlar, ichki test sinovlari orqali monitoring qilib boriladi. O‘quvchilar bilimi ota-onalar bilan hamkorlikda o‘rganiladi. O‘zlashtirishi past o‘quvchilar uchun qo‘shimcha darslar tashkil etilgan. Darsdan so‘ng o‘quvchilar o‘zlarining qiziqishlariga ko‘ra, fan va sport to‘garaklariga jalb etildi.

Akademik litseyda 24 ta fan to‘garagi va 6 ta sport to‘garagi faoliyat yuritib keldi.

Akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilarining xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlaridan qo‘lga kiritgan milliy sertifikatlari

O‘QITUVCHILAR
Xalqaro IELTS sertifikat3
Xalqaro SAT sertifikati3
Milliy sertifikat B29
Milliy sertifikat C13
Umumta’lim fanlaridan Milliy sertifikatlar32
O‘QUVCHILAR
Xalqaro IELTS sertifikati11
Xalqaro SAT sertifikati6
Milliy sertifikat B178
Milliy sertifikat B2140
Milliy sertifikat C16
Umumta’lim fanlaridan Milliy sertifikatlar625
Jami:916

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining “Nuriston” jamoasi O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlarida faol ishtirok etib kuzgi mavsumda viloyatda faxrli 1-o‘rinni, respublika bosqichida 4-o‘rinni egallashdi.

Qarshi davlat texnika universeteti Nuriston akademik litseyi o'quvchilarining nafari 5 umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika fan olimpiadasining viloyat bosqichida sovrinli o'rinlarni egalladi. Ulardan 4 nafari asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

T/rIsm sharifiFanEgallagan o‘rni
1Abdujabborova ZarnigorNemis tili1
2Xayriddinova Shaxrizoda Rus tili2
3Djurayeva RayxonaNemis tili2
4Eshonqulova Baxtiniso Ona tili va adabiyot2
5Maxnabiyev AbbosNemis tili3

Qarshi davlat texnika universeteti Nuriston akademik litseyida oktabr oyi Tabiiy fanlar kafedrasi “Fan oyligi” doirasida kimyo fanidan "Kimyo o‘rgatadi sehrlar sirin", biologiya fanidan “Yosh tabiatshunoslar”, fizika fanidan “Yorug‘likning sirli olami: koinot va fizika tadqiqotlari” mavzusida qiziqarli bilimlar bellashuvi hamda ko‘rgazmali laboratoriya mashg‘ulot darslari tashkil qilindi.

Universitet bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar

Qarshi davlat texnika unversiteti va Nuriston akademik litsey o‘rtasida quyidagi kafedralar hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan:

- Umumiy fizika kafedrasi; - Oliy matematika kafedrasi; - Xorijiy tillar kafedrasi; - Umumiy kimyo kafedrasi; - Ijtimoiy fanlar kafedrasi; - O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi.

Shuningdek, institut kafedralarining quyidagi 2 nafar o‘qituvchilari akademik litsey o‘quvchilariga soatbay asosda ta’lim berishadi:

№ Familiya va ismi Fani
1 Tohirova ShohsanamIngliz tili
2 Maxmanov ErgashFizika

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi 4910-sonli Qarorining ijrosi yuzasidan Qarshi davlat texnika universeteti Nuriston akademik tomonidan 2025/2026-o‘quv yili davomida akademik litseyning 10 nafar iqtidorli va a’lochi o‘quvchilariga “Akademik litseyimiz iftixori” hamda 10 nafar iqtidorli o‘quvchilarga “Rektor ” stipendiyasi topshirildi.

Rektor va yoshlar uchrashuvi

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida akademik litsey bitiruvchilarini universitetga jalb etish maqsadida "Rektor soati" uchrashuvi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. QarDTU rektori, f.m.f.d., professor Sh.Q. Nematov tadbirni ochib berdi va o‘z nutqida universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-innovatsion muhitni kuchaytirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, litsey bitiruvchilarini universitetda o‘qishga da’vat etib, ularga ta’lim va ilm sohasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar tomonidan universitetdagi bakalavriat va magistratura dasturlari, kredit-modul tizimidagi o‘quv jarayoni, xorijiy oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan zamonaviy laboratoriyalar va ta’lim infratuzilmalari, universitetda dars jarayonlarini zamonaviy usullarda tashkil etish, elektron ta’lim platformalaridan foydalanish va o‘quv-uslubiy materiallarni yangilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlari, agrotexnologik yo‘nalishlar, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangi ilmiy ishlanmalar va talabalar uchun amaliyot bazalari haqida, iqtisodiy yo‘nalishlardagi ta’lim imkoniyatlari, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va yoshlarda tadbirkorlik qobiliyatlarini oshirish bo‘yicha universitetda amalga oshirilayotgan ishlari va talabalarning chet tillarini mukammal o‘rganishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy grantlar va akademik mobillik dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida iqtidorli o‘quvchilar universitet rektori tomonidan taqdirlandi, ishtirokchilarga universitet faoliyati haqidagi broshyuralar tarqatildi. Ushbu targ‘ibot tadbiri akademik litsey va Qarshi davlat texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, bitiruvchi yoshlarni oliy ta’limga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Akademik litseyning 2024-2025 o‘quv yilidagi bitiruvchilarining o‘qishga kirish ko’rsatkichi

Akademik litseyni 2024-2025 o‘quv yilida jami 279 nafar bitiruvchidan 277 nafari yoki 99.1% oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Qarshi davlat texnika universitetiga 28 nafar o‘quvchilar, shundan 7 nafari davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan.

Qarshi davlat texnika universeteti bilan hamkorlik aloqalari

Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yulduzlarga, tafakkur bilan kelajak sari” mavzusida ilmiy-nazariy kecha tashkil etildi.

Tadbirda Qarshi davlat texnika universitetining “Tabiiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Nuriston akademik litseyi pedagog-xodimlari va o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqarli va ilmiy-nazariy ma’ruzalar taqdim etildi.

Akademik litseyning xalqaro aloqalari.

Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlari hamda o‘quvchi va o‘qituvchilarning ishtiroki va yutuqlari

Qarshi davlat texnika universiteti nuriston akademik litseyi 2013-yilda Germaniya Federativ Respublikasining gyote instituti bilan maktab kelajak hamkorlari tashabbusi doirasida o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan. Shartnomada har yili akademik litseyning nemis tili o‘qituvchilari Germaniyaning Gyote instituti Toshkent filialida hamda Germaniya Federativ Respublikasida tashkil etiladigan seminar-treninglar, malaka oshirish kurslarida ishtirok etishlari, akademik litsey o‘quvchilari orasidan nemis tilini yaxshi o‘rgangan o‘quvchilarga Fit 1 va Fit 2 imtihonlari o‘tkazilib, eng yuqori ball olgan o‘quvchilarni germaniyaning ko‘zga ko‘ringan shaharlarida tashkil etilgan yozgi til o‘rganish lagerlariga yuboriladi, Pasch – maktab kelajak hamkorlari tashabbusi doirasida tashkil etiladigan turli musobaqalarda ular ishtirokini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Qarshi davlat texnika universeteti Nuriston akademik litseyida Fit 1

va Fit 2 imtihonlari

Toshkentdagi Gyote Institutining ikki nafar imtihon oluvchisi Simon Kretschmer (PASCH tashabbusi koordinatori) va Gyote instituti vakili Shaxlo Ikromova 2 kun davomida A1, A2, B1 va B2 imtihonlarini o'tkazdilar. Imtihonlarda akademik litseydan jami 28 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Imtihonlardan so'ng nemis tilini o'rganuvchilar imtihon oluvchilar bilan turli mavzularda suhbatlashish imkoniga ega bo'ldilar.

Ichki test sinovlari

Akademik litseyda har oyning ikkinchi 10 kunligida umumta’lim fanlardan ichki test sinovlari hamda ota-onalar bilan kelishgan holda bilim va malakalarni baholash agentligidan sinov testlari tashkil qilinib kelinmoqda. Test jarayoni auditoriya rahbari hamda nazoratchilar tomonidan, shuningdek, bo‘lim boshliqlari tomonidan nazorat qilindi. Ichki test sinovlari natijalariga asosan to‘rtta yo‘nalishdan eng yuqori ball olgan o‘quvchilar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilib kelindi. Shuningdek, ichki test sinovlari natijalari har ikki oyda tashkil etilgan ota-onalar yig‘ilishlarida tahlil qilinib boriladi. Shuningdek, ichki test sinovlaridan yuqori ball olgan har oyda 30-35 nafardan o‘quvchilarning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari katta saflanishlarda berib borildi.

Axborot-resurs markazi faoliyati

2025-2026 o’quv yilida akademik litsey kutubxonasi 22 153 ta kitob fondiga ega bo‘lib, 679 nafar o‘quvchi, 104 nafar o‘qituvchi va ishchi xizmatchilarga xizmat ko‘rsatib keldi, 34 nafarini mahalla yoshlari tashkil qildi. ARMga akademik litseyning barcha pedagog o‘qituvchi va o‘quvchilari a’zo qilingan. ARMda 40 o‘rinli o‘quv zali mavjud bo‘lib, kitobxonlar bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Akademik litseyning axborot-resurs markazida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligiga bag'ishlab "Til - millat faxri" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir, "Kitobga oshno qalblar" mavzusida adabiy-badiiy kecha, qashqadaryo viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 151 yilligiga bag'ishlab "Buyuk ma'rifatparvar hayotiga bir nazar" mavzusida kitobxonlik tadbiri, gʻazal mulkining sultoni mir alisher navoiy hamda shoh va shoir zahiriddin muhammad boburning asrlar osha yashab kelayotgan boy maʼnaviy meroslari bilan tanishtirish maqsadida “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzusida adabiy-badiiy kecha kabi bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelingan.

Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati

2025-2026 o‘quv yilda akademik litseyda 336 nafar qizlar taxsil olmoqda. O‘quv yili boshlanishi bilan akademik litsey xotin -qizlarining umumiy yig‘ilishi o‘tkazilib, litsey qizlari orasidan “Qizlar sardorlari” tanlanib olindi. 11-oktabr xalqaro qizlar kuni munosabati bilan o‘quvchilar turar joyida yashovchi o‘quvchi qizlardan iborat “qizlarjon” klubi tashkil etildi. 2025-2026 o‘quv yili davomida akademik litseyda qarshi shahar iib, yoshlar ittifoqi, yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “qiz bola – hayosi bilan go‘zal”, “biz zo‘ravonlika qarshimiz”, “jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida davra suhbatlari va tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, “Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodni ixtirochilik faoliyatiga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Davra suhbatida G.Ishankulova – Qarshi davlat texnika universiteti rektoriing xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, M.Xakimova – Qashqadaryo viloyati “Ixtirochi ayollar” uyushmasi raisi, professor, O.Qurbonova – Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti, S.Bo‘riyeva – Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti ishtirok etdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida mehmonlar xotin-qizlarning fan va innovatsiyalar sohasidagi ishtiroki, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari hamda iqtidorli yosh qizlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning samarali yo‘llari haqida so‘z yuritdilar. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari ilmiy va ijodiy faol bo‘lgan qizlarni rag‘batlantirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflar berdilar.

Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “8 martning sakkiz go‘zali” nomli ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Milliy qadriyatlar – millatning tarixiy, ma’naviy merosi”mavzusida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyat va an’analarni targ‘ib qilish maqsadida davra suhbatlari muntazam tashkil etilmoqda.

Ota-onalar kengashi faoliyati

Akademik litseyning barcha guruhlarida ota-onalar qo‘mitalari raisi va 2 nafar a’zosi saylangan bo‘lib, litsey bo‘yicha jami 26 ta guruhda guruh ota-onalar qo‘mitasi raislari va a’zolari faoliyat yuritib keldi.

2025-2026 o’quv yili davomida akademik litseyning 1-2 bosqich o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishlari tashkil qilinib kelindi.

Kasbga yo‘naltirish ishlari

Akademik litseyda 2025-2026 o‘quv yili uchun yil davomida umumta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli o‘quvchilarini qamrab olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 4910-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan umumta’lim maktablarining 9-sinf о‘quvchilari о‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” mavzusida fan olimpiadalari, “Ochiq eshiklar kuni” kabi targ’ibot tadbirlari tashkil qilindi. Fan olimpiadalarida 400 nafardan ortiq о‘quvchilar ishtirok etib, 13ta umumta’lim fanlari bо‘yicha bilimlarini sinovdan о‘tkazdilar. Bilimlar bellashuvida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qо‘lga kiritgan о‘quvchilar akademik litsey rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Istiqboldagi rejalarimiz

1. Respublikadagi akademik litseylar reytingida kuchli 10 talikka kirish maqsadida “yo‘l xarita” ishlab chiqib, chora-tadbirlarni belgilab olish;

2. Akademik litsey o‘quvchilarining nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirokini ta’minlash va sovrinli o‘rinlarni egallashga erishish;

3. Akademik litsey 336 nafar bitiruvchilarini 100% oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishini taminlash;

4. Universitet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratish;

5. Top 1000 talikka kiruvchi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini akademik litsey o‘quv faoliyatiga jalb etish;

6. Akademik litsey o‘qituvchilarining fanni bilish darajasi bo‘yicha xalqaro va milliy sertikatlarni qo‘lga kiritishini ta’minlash;

7. Akademik litsey o‘quv binosi hamda yotoqxonasini mukammal ta’mirlash hamda jihozlash.

8. Respublika miqyosida tashkil etilgan fan olimpiadalari, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallash.