BAYROG‘IM — MENING FAXRIM, G‘URURIM!

BAYROG‘IM — MENING FAXRIM, G‘URURIM!

BAYROG‘IM — MENING FAXRIM, G‘URURIM!

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quvchilar o‘rtasida «Bayrog‘im — mening faxrim, g‘ururim» mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularning ijodiy qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z insholarida O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining mazmun-mohiyati, undagi ranglar va ramzlarning chuqur ma’nosi, xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, mustaqillik va ozodlik g‘oyalarini o‘ziga xos yondashuv bilan ifoda etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning milliy qadriyatlarga sadoqatini mustahkamlash, ularda fuqarolik mas’uliyati va yurt taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz timsoli, milliy iftixorimiz va yorug‘ kelajagimiz ramzidir! Bayrog‘imiz doimo baland hilpirasin!