«ÖkoBrücke: O‘zbekiston – Ukraina» ekologik loyihasi

«ÖkoBrücke: O‘zbekiston – Ukraina» ekologik loyihasi

«ÖkoBrücke: O‘zbekiston – Ukraina» ekologik loyihasi

Bugun «ÖkoBrücke» («Ekologik ko‘prik») xalqaro ekologik loyihasining ilk uchrashuvi muvaffaqiyatli tashkil etildi! Unda O‘zbekistonning Qarshi shahridagi «Nuriston» akademik litseyi hamda Ukrainaning Lvov shahridagi 28-sonli litsey o‘quvchilari Zoom platformasi orqali onlayn muloqot qildilar. Uchrashuv «Plastiksiz bir kun – bu mumkinmi?» mavzusiga bag‘ishlandi. Aralash guruhlarda faoliyat olib borgan o‘quvchilar dastlab o‘zaro tanishdilar, kundalik hayotda foydalaniladigan plastik buyumlarni muhokama qildilar, ularga ekologik jihatdan xavfsiz muqobil vositalarni izladilar. Shuningdek, har ikki mamlakat o‘quvchilari hamkorlikda umumiy ekologik qoidalarni ishlab chiqdilar. Uchrashuvning alohida jihati shundaki, Qarshi va Lvov shaharlaridagi yoshlarni birlashtirgan asosiy muloqot vositasi nemis tili bo‘ldi. Mazkur xalqaro loyihani tashkil etish va amalga oshirishdagi hissasi uchun o‘qituvchilar Shoxida Nazarova va Ivan Lozenkoga, shuningdek, barcha faol ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildiramiz! «Ekologik ko‘prik» loyihasi doirasidagi hamkorligimiz davom etadi! Tabiatni asrash – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!