"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joylarda kuzgi ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda!
Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida ushbu ezgu tashabbus doirasida kuzgi ko‘chat ekish ishlari tashkil etilib, muassasa hududiga 100 dona pavloniya, 150 dona yapon tuti, 100 dona katalpa, 50 dona bodom, 150 dona terak va 100 dona qarag’ay, jami 650 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
