Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 1-bosqich o’quvchilarining o’quvchilikka qabul qilish ramziy “O’quvchilik qasamyodi” tadbiri va ota-onalar yig’ilishi o’tkazildi.
Tadbirda akademik litseyning o’quvchi yoshlari tomonidan Vatanni madh etuvchi she’rlar, raqs va qo’shiqlar ijro etildi.
Tadbirda 1-bosqich o’quvchi yoshlariga ramziy ma’no kasb etuvchi “Reyting daftarchasi” va “O’quvchi guvohnomasi”ni topshirish marosimi ham o’tkazildi.
Tadbir so’ngida oktabr oyida bo’lib o’tgan ichki test sinovlarida yuqori natijalar ko’rsatgan o’quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirilib, bir oylik stipendiyalar taqdim etildi.
Shuningdek, oktabr oyi davomida tashkil qilingan asosiy fan olimpiadalarining akademik litsey bosqichi g‘oliblari, “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi g‘olib jamoalari g‘oliblari taqdirlandi.
