O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi hamda 2023-2024 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” tantanali tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida akademik litseyda samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan ustoz-murabbiylar, a’lochi-jamoatchi o‘quvchi yoshlar akademik litsey rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar. Faxriy ustozlar va ota-onalar yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga omad va zafarlar tiladi. Bilimdon o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’rlar barchaga katta taassurot qoldirdi!!!
