Bugun O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 2-o'rinni egallagan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi tantanali kutib olindi hamda taqdirlash...
Bugun O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan “Zakovat” turnirining respublika bosqichida 2-o'rinni egallagan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi tantanali kutib olindi hamda taqdirlsh marosimi tashkil qilindi.
Tadbirda akademik litsey rahbariyati, barcha o'qituvchilar, o'quvchilar, ota-onalar, ishtirok etishdi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan "Zakovat" jamoasining akademik litsey bo‘yicha koordinatori N.Yoriqulovga va jamoa a'zolariga esdalik sovg'alari topshirilib, institut rektorining tashakkurnomalari taqdim qilindi.
Shuningdek, ota-onalar g'olib jamoaning har bir a'zosiga hamda ustozlariga o'z tilaklari, tabriklarini izhor qildilar.
Tantanali kutib olish va taqdirlash marosimi ko‘tarinki kayfiyatda tashkil qilindi.
