O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidag...

O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!

O‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!

Shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi faxrli 2-o‘rinni egalladi. O‘quvchilarimizni, ularni ota-onalarini, shuningdek, ularga bilim bergan barcha ustoz-murabbiylarini, ayniqsa, akademik litseyning Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nasibullo Yoriqulovga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Katta rahmat sizlarga! 1-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi 2-o‘rin: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi 3-o‘rin: DXX “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseyi (Surxondaryo) jamoasi Mazkur o‘quvchilarning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi. Shuningdek, ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.