Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida o‘quvchi-y...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda suitsid holatlarini oldini olish maqsadida Respublika ma'naviyat...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olish, voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda suitsid holatlarini oldini olish maqsadida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qarshi shahar bo'limi bilan hamkorlikda “Huquq va yoshlar” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qarshi shahar IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori N. Maqsadova ishtirok etdi. Tadbir davomida voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, mobil aloqa vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, ijtimoiy tarmoqlardagi huquqbuzarlik holatlari hamda kiberxujum va undan himoyalanish yo‘riqnomalari to‘g‘risida kerakli tavsiyalar berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.