Faxriy unvon, yuksak e'tirof muborak boʻlsin!

Faxriy unvon, yuksak e'tirof muborak boʻlsin!

Faxriy unvon, yuksak e'tirof muborak boʻlsin!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi Achilova Manzura Sheraliyevna “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Ushbu yuksak unvon bilan Manzura Sheraliyevnani Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi jamoasi nomidan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlariga cheksiz muvaffaqiyat tilaymiz. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, sohada islohotlarni samarali amalga oshirish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, sifatli kadrlarni tayyorlash, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, farzandlarimizni Vatanga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi xizmatlari, ibratli faoliyatlarini yuksak qadrlaymiz. Hurmat bilan, Qarshi MII akademik litseyi jamoasi