Bugun Qarshi tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida “ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI” va “Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlikda o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba -o'quvchilari o'rtasida “ZAKOVAT” o'yinining Qashqadaryo viloyat...
Bugun Qarshi tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida “ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI” va “Yoshlar ishlari agentligi” bilan hamkorlikda o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talaba -o'quvchilari o'rtasida “ZAKOVAT” o'yinining Qashqadaryo viloyat bosqichi o’tkazildi! Unda ishtirok etgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining “Nuriston” jamoasi 20 dan ortiq jamoalar orasida munosib ishtirok etib, faxrli I-o’rinni egalladi hamda turnirning Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Ushbu yutuq bilan jamoa a’zolarini samimiy tabriklaymiz!
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin Qarshi MII akademik litseyi "Nuriston" jamoasi.
2-o'rin Qarshi IIV akademik litseyi.
3-o'rin Koson 2-son kasb-hunar maktabi.
Yuqoridagi jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
