Akademik litseyda "Xon atlas" festivali tashkil qilindi
Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir.
Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida ham “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarda akademik litsey o‘qituvchilari va o’quvchilari faol ishtirok etmoqda.
