Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida "Bir bo‘ls...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” g’oyasi ostida tashkil etilgan jonajon Vatanimiz Mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda “Bilimlar kuni” keng nishonlandi

Tadbirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti pektori O.Sh.Bozorov hamda institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.I.Ismoilov ishtirok etdi. So‘z olganlar mustaqillik tushunchasi, Vatanimizning shonli mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda o‘quvchi-yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g’risida ma’lumotlar berdilar. O‘quvchilar tomonidan aytilgan Vatanni madh etuvchi sherlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. Shunindek, tadbir davomida samarali faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar va a’lo o‘qishi hamda namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘quvchilar taqdirlandilar. Tadbirdan so‘ng barcha o‘quvchilar “Mustaqillik darslari”ga jalb qilindilar.