Qarshi muhandislik-iqtisodiyot...
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2023-2024 о‘quv yili bitiruvchilarining “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari, bilib qo‘yki seni Vatan kutadi” mavzusida tantanali diplom topshirish tadbiri о‘tkazildi
Tadbirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.I.Ismoilov ishtirok etib, akademik litsey bitiruvchilarini keyingi faoliyatlariga omad tilab, akademik litseyni a’lo baholar bilan tugatgan 10 nafar bitiruvchisiga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi hamda sertifikatlarini, shuningdek, akademik litseyning bir guruh bitiruvchilariga “A’lo darajali diplom”larni tantanali topshirdi. Tadbir 2023-2024 o’quv yilida namunali faoliyat olib borgan akademik litseyning o’qituvchilariga rektor tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirladi. Tadbir davomida a’lo о‘qishlari, namunali xulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining diagnostik test sinovlarida yuqori natijalarni ko'rsatgan, chet tillarni bilish darajasi bo‘yicha yuqori ko’rsatgichlar ega bo’lgan bitiruvchilar va ularning ota-onalariga, shuningdek, “Barkamol avlod” sport musobaqalarining viloyat va Respublika bosqichi sovrindorlariga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Diplom topshirish tantanalari kо‘taringki ruhda о‘tkazildi
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...