Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida institutning “Gidravlika va gidroinshoatlar” kafedrasi bilan hamkorlikda 2024-2025 o‘quv yili uchun kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish maqsadida hamkorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda kafedraning professor-o‘qituvchilari t.f.d, prof R.Xo‘jaqulov, dots. Sh. Berdiyev, dots. A. Hazratov, O‘.Otaqulov, dots I.G‘oyibnazarov, katta o‘qituvchi I.Saidovlar ishtirok etib, institut tarixi, kafedra faoliyati, salohiyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda institut bitiruvchilarining ishga joylashishi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.
Qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan tabdir institut to‘g‘risida o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
