Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Korrupsiya va uning jamiyat, davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzusida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida huquqiy-ilmiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Tadbirda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi R.Rahmonov ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar korrupsiyaning taraqqiyot kushandasi ekanligi, mamlakatimizda, jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, “Halollik vaksinasi”, “Raqamlashtirish” kabi huquqiy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Mazmunli o‘tgan tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
