Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida an’a...

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida an’anaviy aprel oyi natijalari yuzasidan taqdirlash marosimi hamda 1-kurs o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi tashkil qilindi

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida an’anaviy aprel oyi natijalari yuzasidan taqdirlash marosimi hamda 1-kurs o‘quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi tashkil qilindi

Aprel oyida o‘tkazilgan ichki test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek aprel oyi davomida turli tadbirlarda, “Zakovat” intellektual oyinida g’oliblari, o'quvchilar, lmiy-badiiy kechalarda, ko‘rik-tanlovlarda va sport musobaqalarida faol ishtirok etgan, xorijiy tillarni va umumta'lim fanlarini bilish darajasi bo'yicha sertifikatlar olgan o‘quvchilar va o‘qituvchilar e’tirof etildi. Shu kunning o‘zida 1-kurs o'quvchilarining ota-onalar yig‘ilishi ham tashkil qilinib, kelgusidagi vazifalar va chora-tadbirlar belgilanib olindi.