Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida institut bilan hamkorlikda o‘quvchi yoshlarni matematika fanining sir-asrorlarini keng va chuqurroq o‘rganish maqsadida fan yuzasidan “Bilimdonlar bahsi” bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda QarMII “Oliy matematika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent E.Sharipov hamda kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etdilar.
Bellashuvda “Algoritm” hamda “Xorazmiy izdoshlari” jamoalari o‘zlarining matematika faniga oid bilim va ko‘nikmalarini har tomonlama namoyon etdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan tadbir o‘quvchi-yoshlarning fanga qiziqishini yanada orttirdi.
Faol ishtirok etgan o‘quvchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
