Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida qardosh turkman xalqining atoqli shoiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan "Zakovat" intellektual bellashuvining mart oyi final bahslari boʻlib oʻtdi.
Bellashuv avvalida oʻquvchilar tomonidan shoirning hayoti va ijodidan namunalar ijro etildi. Shaffof hamda adolatli tazda oʻtgan ushbu final bahsida quyidagicha natijalar qayd etildi:
1-oʻrin 108-guruh
2-oʻrin 109-guruh
3-oʻrin 202-guruh
Natijalarga koʻra mart oyining eng zakovatli guruhi sifatida 108-guruh eʼtirof etildi.
