Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida oʻquvchi y...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida oʻquvchi yoshlarni  ajdodlarimiz — Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning asrlar osha yashab kelayotgan boy maʼnaviy meroslari bilan...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida oʻquvchi yoshlarni ajdodlarimiz — Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning asrlar osha yashab kelayotgan boy maʼnaviy meroslari bilan tanishtirish maqsadida “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzusida adabiy-badiiy oʻtkazildi. Tadbirda bobokalonlarimizning ijod namunalari, shuningdek, hayot yoʻllaridan lavhalar yoshlar tomonidan zo‘r mahorat bilan ijro etildi. Shuningdek, tadbir davomida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Energetika fakulteti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan A.Navoiy obrazi yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi-yoshlarni Movaraunnahr, Xuroson hamda Hind diyori adabiy muhitida yuqori shuhratga ega boʻlgan ajdodlarimizning ma'naviy meroslaridan bahramand qilish, ularning ijodlarini chuqur o'rganishni targ‘ib qilish, bugungi kun yoshlarini o‘z ajdodlariga munosib avlod sifatida tarbiyalashga hissa qo‘shishdir.