Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida akademik litseyning 1 va 2-bosqich o‘quvchilari o'rtasida "Xorijiy tillar" kafedrasining "Fan oyligi" doirasida rus tilida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi bo‘lib o‘tdi
Bellashuvda jami 10 ta jamoa o‘z bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.
Musobaqada o‘quvchilarning bilimi va natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqasida;
1-o‘rinni "Бригада" jamoasi
2-o‘rinni "Экономисты" jamoasi
3-o‘rinni "Ноль" jamoasi qo‘lga kiritdi.
Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilarning RUS TILIda bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi.
Yuqori natijalarni egallagan jamoalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
