Qashqadaryoda yoshlarimiz uchun “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!...

Qashqadaryoda yoshlarimiz uchun “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi

Qashqadaryoda yoshlarimiz uchun “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” ko‘rik-tanlovi tashkil etiladi

Qashqadaryo viloyati hokimining qarori bilan, yoshlar o‘rtasida Amir Temur merosini keng o‘rganishga bag‘ishlangan “Kuch-adolatdadir” shiori ostida “Biz – Buyuk Sohibqiron izdoshlarimiz!” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish yuzasidan tanlov e’lon qilindi. Tanlovda viloyatdagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘z xohishiga ko‘ra ishtirok etishlari mumkin. Tanlov quyidagi 3 ta yo‘nalishda mahalla, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari tashkil etiladi: Amir Temur tarixi bilimdoni; Biz alplar avlodlarimiz; Ijodimda Amir Temur davri tasviri.