Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi ARMda A. Qod...

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi ARMda A. Qodiriyning "O‘tgan kunlar" hamda P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari yuzasidan badiiy kecha  o‘tkazildi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi ARMda A. Qodiriyning "O‘tgan kunlar" hamda P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanlari yuzasidan badiiy kecha o‘tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.09.2017-yildagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusdan biri aynan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilindi. Adabiy kechada akademik litseyning 2-bosqich 210 va 211-guruhlari ishtirok etishdi. Ikki guruh ushbu asarlar yuzasidan bahslashishdi. Asarlar yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi. Badiiy kecha mazmunli va munozarali bo‘lib o‘tdi.