Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zb...

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 32-yilligi munosabati bilan “14 yanvar–Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan harbiy vatanparlik ruhidagi ko‘rgazmali...

Tadbirda Qarshi shahri Xonobod qo‘rg‘onida joylashgan 10329-harbiy qism zobitlari mayyor Sh.Ahmedov, kapitan A.Qarshiboyev, serjantlar M.Mavlonov, D.Valiyev, U.Rahmatov hamda I.Innatullevlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari guruhlarga bo‘lingan holda harbiy vatanparvarlik hamda jismoniy sport shartlari bajardilar. O‘quvchilardagi shijoat, epchillik hamda tantanali saf mashqlari harbiy qism zobitlari tomonidan tomonidan baholab borildi. Akademik litsey “Qalqon” jamoasining harbiy ko‘rgazmali chiqishlari barchada chuqur taassurot qoldirdi. Tadbir o‘quvchilarda ona Vatanga muhabbat, uning himoyasi muqaddas burch ekanligi kabi g‘oyalarni yuksaltirishga xizmat qildi.