Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Yan...

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Yangi yil — ulkan orzu-umidlar va yangi muvaffaqiyatlar bayrami” g‘oyasi ostida tantanali bayram saflanishi va bayram shousi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda yil davomida Respublikamiz miqyosida bo‘lib o‘tgan siyosiy jarayonlar, akademik litsey qo‘lga kiritgan natijalar, erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi. Shuningdek, dekabr oyi davomida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlar, badiiy kechalar, “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi g‘oliblari, umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikat sohiblari taqdirlandilar. Yangi yil ramzlari bo‘lgan bezatilgan archa hamda qorbobo va qorqizning tashrifi tadbirga yanada shukuh va zavq bag‘ishladi. Bayram tadbiri o‘quvchi-yoshlar xotirasida o‘chmas iz qoldirdi hamda kelgusidagi o‘qish va rejalariga ulkan ishonch bag‘ishladi.