Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining Dekabr oyi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
Bellashuvda har bir guruhdan bitta jamoa jami 11 ta jamoa final bosqichiga chiqish o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Musobaqada o‘quvchilarning bilimi va natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqasida:
1-o‘rinni 109-guruh,
2-o‘rinni 101, 108, 111-guruhlar,
3-o‘rinni 107-guruh
o‘quvchilaridan iborat bilimdon jamoalar qo‘lga kiritdi.
Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilarning bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi. Final bosqichiga chiqqan jamoalarga omad tilaymiz.
