Institut Xalqaro hamkorlik bо...
Institut Xalqaro hamkorlik bоʼlimi boshligʻi Alibek Eshev, “Qishloq xоʼjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash” texnologiyasi kafedrasi assistenti Nurbek Qobilov hamda iqtidorli talabalar QarMII akademik litseyi оʼquvchilari bilan uchrashdilar
"Yoshlar va xalqaro hamkorlik" mavzusidagi uchrashuvda litsey оʼquvchilariga institut tarkibidagi fakultetlar, yоʼnalishlar, institut moddiy-texnik bazasi hamda salohiyati tоʼgʻrisida soʼz yuritildi. Institutning xalqaro aloqalari, professor-оʼqituvchilar va talabalarning Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan almashinuv dasturlari haqida slaydlar hamda xorijda tahsil olib kelgan talabalar misolida maʼlumotlar berildi. Litsey оʼquvchilari ham QarMIIda tahsil olib turib, xorijdagi nufuzli OTMlarda stipendiya dasturlari orqali grant asosida оʼqish imkoniyatlari mavjudligi aytildi. Xuddi shu kabi tadbir Qarshi shahridagi 7-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabida ham oʼtkazildi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...