Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Bes...

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Besh muhim tashabbus” doirasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining Noyabr oyi final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Besh muhim tashabbus” doirasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining Noyabr oyi final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda saralash bosqichida g’oliblikni qo‘lga kiritgan 101, 107, 108, 109, 201, 202, 208 hamda 211- guruhlar ishtirok etishdi. Musobaqada o‘quvchilarning bilimi va natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bilimlar musobaqa natijasiga ko‘ra 3-o‘rinni 101 va 107-guruhlar, 2-o‘rinni 211-guruh hamda 1-o‘rinni 202-guruh o‘quvchilaridan iborat bilimdon jamoalar qo‘lga kiritishdi. Bilimlar bellashuvi davomida o‘quvchilarning bilim va tafakkurlari yana bir karra charxlandi. Keling, Bellashing, Tafakkuringizni oshiring!