Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining noyabr oyi saralash bellashuvi bo‘lib o‘tdi.
Saralash bosqichida jami 12 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqada bilimdon yoshlar o‘zlarining tafakkurlarini har tomonlama namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni 208 guruh, 2-o‘rinni 211-guruh hamda 1-o‘rinni 201 hamda 202-guruh o‘quvchilari qo‘lga kiritdilar.
Final bosqichiga chiqqan jamoalarga omad tilaymiz. Keling, bellashing, o‘z tafakkuringizni oshiring!
