Bugun Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida ushbu institutning “Fizika va elektronika “kafedrasi bilan hamkorlikda “Fizika fani taraqqiyotimizning asosi” mavzusida ilmiy nazariy kecha tashkil etildi
Tadbirni kafedra mudiri, p.f.d. Q.Tursunov kirish so`zi kechani ochib berdi. Tadbirning asosiy qismida “Fizika va elektronika” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Mirzayev “Magnit bo‘ronlarining yerdagi hayotga ta’siri” mavzusida, kafedra katta o`qituvchisi M.Qorjovov “Buyuk birlashuv nazariyasi” mavzusida ma’ruza qilishgan bo‘lsa, kafedra assistentlari J.Shohimardonov tomonidan “Difraktsion panjara yordamida yorug'lik to'lqinining uzunligini aniqlash” mavzusida hamda N.Mustafayeva va H.Mavlonovalar tomonidan “Matematik mayatnik yordamida erkin tushush tezlanishini aniqlash” mavzusida laboratoriya ishlari amalda bajarildi va natijalar olindi.
Ushbu ilmiy kecha akademik litsey o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
