Ayni vaqtda Qarshi shahrida Pr...
Ayni vaqtda Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda
Yigʻilishda viloyat yoshlari bilan ishlash masalasi ham muhokama qilindi. Soʻnggi yillarda viloyatda yangi paydo boʻlgan elektrotexnika, oziq-ovqat va qurilish materiallari kabi sohalar uchun kadrlar tayyorlash yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani koʻrsatib oʻtildi. Masalan, Qarshi shahridan tashqari boshqa birorta tumanda IT markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan. Vaholanki, 60 ta kollejda boʻsh turgan 28 ming kvadrat metr maydonda ham ishlab chiqarish, ham amaliy taʼlimni yoʻlga qoʻysa boʻladi. Ana shunday boʻsh turgan bino negizida kitoblik tadbirkor IT klaster va universitet ochish tashabbusi bilan chiqqan. Prezident bu taklifni maʼqulladi. Viloyat va tuman hokimlariga har bir tumandagi ish beruvchilarning oʻrta boʻgʻin mutaxassislariga ehtiyojini aniqlash, kollej va texnikumlar yil davomida qaysi kasb boʻyicha nechta mutaxassis tayyorlashi lozimligini belgilab berish hamda taʼlim muassasalarida ish beruvchilarning amaliy ustaxonasi va sexlarini ochish topshirildi. Bu ishlarga 30 milliard soʻm ajratiladi.
ILMIY-NAZARIY KECHA O‘TKAZIL...
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti va Nuriston akademik litseyi hamkorligida “Ilm bilan yuld...
TARIXIY-BADIIY KECHA O‘TKAZI...
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur...
XALQARO WEBINAR O‘TKAZILDI
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyining nemis tili, fizika va rus til...
ZAKOVAT
Talaba-o'quvchilar o'rtasida ZAKOVAT oʻyinining Qashqadaryo viloyat bosqichi 3- tur appelyatsiyadan...