Mustaqillik — faxrimiz va g‘ururimiz!

Mustaqillik — faxrimiz va g‘ururimiz!

Mustaqillik — faxrimiz va g‘ururimiz!

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bayram nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qarshi shahar bo‘linmasi rahbari Sh.Haydarova ishtirok etib, Prezidentimiz nutqida mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar, yoshlar tarbiyasi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Davra suhbatida akademik litsey o‘quvchilari mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li, bugungi bunyodkorlik va islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni hamda Vatan oldidagi mas’uliyati yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Samimiy va mazmunli muloqot shaklida o‘tgan tadbir o‘quvchilarning milliy g‘urur, vatanparvarlik va daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularda yurtimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Sana: 08.10.2026