Sentabr oyi sarhisobi

Sentabr oyi sarhisobi

Sentabr oyi sarhisobi

Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida o‘quvchilarning ta’limdagi yutuqlari, jamoat ishlaridagi faolligi hamda turli tadbirlardagi ishtirokini e’tirof etishga qaratilgan an’anaviy sentabr oyi yakunlari bo‘yicha taqdirlash tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida ichki nazorat testlari natijalariga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan o‘quvchilar alohida e’tirof etildi. Ularning ota-onalariga ham akademik litsey rahbariyatining tashakkurnomalari topshirilib, o‘quvchilarga pul mukofotlari taqdim etildi. Shuningdek, sentabr oyi davomida akademik litseyda o‘tkazilgan turli ma’naviy-ma’rifiy va intellektual tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilar hamda pedagoglar munosib taqdirlandi. Jumladan, ilmiy-badiiy kechalar, ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarida faol qatnashib, yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar va o‘qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Bunday tadbirlar o‘quvchilarni bilim olishga, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishga, sog‘lom raqobat muhitida faol ishtirok etishga hamda yangi marralar sari intilishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi. Nuriston akademik litseyi jamoasi barcha taqdirlanganlarni muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida yangi zafarlar tilaydi!

Sana: 03.10.2026