“Mening sevimli ustozim bu” — samimiy tilaklar va ko‘tarinki kayfiyat
Bugun Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan litsey psixologi M. Mamadiyorova tomonidan “Mening sevimli ustozim bu” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida o‘quvchilar o‘zlari sevib, hurmat qiladigan ustozlariga samimiy tilak va ezgu istaklarini yozma ravishda ifoda etdilar. Ustozlarga yo‘llangan iliq tilaklar yozilgan qog‘ozchalar o‘qituvchilarga yuqori kayfiyat va xushnudlik bag‘ishladi.
Tadbirda o‘qituvchilar va o‘quvchilar faol ishtirok etib, samimiy va ko‘tarinki muhit yaratildi. Mazkur trening ustoz va shogird o‘rtasidagi hurmat, mehr-oqibat va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bunday samimiy tadbirlar o‘quvchilarda ustozlarga bo‘lgan hurmat va minnatdorlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sana: 30.09.2026
Sana: 30.09.2026
