O‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlari o‘rganildi.
Qarshi DTU Nuriston akademik litseyida o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish, temperament tiplarini aniqlash hamda ularning psixologik holatini tahlil qilish maqsadida diagnostik tadbir o‘tkazildi.
Diagnostika jarayonida o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, irodaviy sifatlari, his-tuyg‘ulari, o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyatlari hamda intellektual darajasi tegishli psixologik-diagnostik metodikalar asosida o‘rganildi.
Mazkur diagnostika ishlari akademik litsey psixologi M.Mamadiyorova tomonidan 104–110-guruh o‘quvchilari ishtirokida tashkil etildi.
Testning asosiy maqsadi — o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, ularning qobiliyat va imkoniyatlarini aniqlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan samarali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat.
Sana: 29.09.2026
Sana: 29.09.2026
