Kelajak energiyasiga bir qadam: Litsey oʻquvchilari QarDTU poligonida
Bugun “Nuriston” akademik litseyi oʻquvchilarining Qarshi davlat texnika universiteti Energiya muhandisligi fakultetidagi “Muqobil energiya manbalari” oʻquv-ilmiy poligoniga sayohati tashkil etildi.
Professor-oʻqituvchilar tomonidan poligondagi qurilmalar, laboratoriyalar, “aqlli” issiqxona, ilmiy ishlanmalar natijalari namunalari va ularning afzalliklari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Iqtidorli talabalar bilan muloqot oʻquvchilarda oʻzgacha taassurot qoldirdi. Muloqotlar davomida Prezident va nomli davlat stipendiyalari, turli tanlovlar, grantlarni qayta taqsimlash tartibi, xalqaro aloqalar xususida ham atroflicha soʻz yuritildi.
Sana: 25.09.2026
Sana: 25.09.2026
