Xalqaro hamkorlik
Joriy yilning 23-24-sentabr kunlari Qarshi davlat texnika universiteti “Nuriston” akademik litseyida “Resurslarni tejaymiz” deb nomlangan ikki kunlik yoshlarning qayta ishlashga qaratilgan loyihasi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha litseyning nemis tili o‘qituvchisi Shohida Nazarova va germaniyalik volontyor Peter Nauhauser tomonidan tashkil etildi.
Birinchi kuni Piter Nauhauser o'quvchilarni qayta ishlash tushunchasi bilan tanishtirdi va u tabiatni muhofaza qilish va resurslarni saqlashga qanday yordam berish mumkinligini tushuntirdi. So‘ngra Sh. Nazarova o‘quvchilarni qiziqishlariga qarab kichik guruhlarga ajratdi. “Yashil g‘oyalar”, “Ijodkor qo‘llar”, “Upcycling guruhi”, “Germaniya yulduzlari”, “Eko yulduzlar”, “Tabiatni sevuvchilar” deb nom olgan guruhlar qog‘oz, plastik idishlar, mato qoldiqlaridan yangi mahsulotlar yaratishni rejalashtirib, zarur materiallar ro‘yxati shakllantirildi.
Ikkinchi kuni talabalar kichik guruhlarda rejalashtirilganidek eski narsalarni yangi, foydali narsalarga aylantirish uchun ishladilar. Ular loyihada katta ishtiyoq va ijodkorlik bilan ishtirok etishdi va yakunda o‘z ijodlarini nemis tilida taqdim etishdi.
Bu kabi loyihalar o'quvchilarni tabiatni sevishga, chiqindilarni kamaytirishga, resurslarni asrashga o'rgatadi degan umiddamiz.
Sana: 25.09.2026
Sana: 25.09.2026
