XOTIN-QIZLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda jamiyatdagi faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qarshi shahar IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Nargiza Maqsadova ishtirok etib, “Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish” mavzusida ma’ruza qildi.
Uchrashuv davomida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlari, ularni turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishning huquqiy asoslari, murojaat qilish tartibi hamda mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga o‘z huquqlarini bilish, ulardan to‘g‘ri foydalanish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan batafsil javob oldilar.
Huquqini bilgan inson — o‘z kelajagini ishonch bilan quradi!
Sana: 22.09.2026
Huquqini bilgan inson — o‘z kelajagini ishonch bilan quradi!
Sana: 22.09.2026
