Bilimlar kuni

Bilimlar kuni

Bilimlar kuni

Bugun, 2-sentabr kuni, Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — “Bilimlar kuni” hamda Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda litsey rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda Qarshi davlat texnika universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori I. Ismoilov ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yo‘llangan bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. Tadbir davomida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti hamda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yosh avlodni bilimli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli insonlar etib tarbiyalash, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Bayram dasturidan Vatanga, mustaqillikka va ona yurtga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar hamda badiiy chiqishlar o‘rin oldi. O‘quvchilarning faol ishtiroki tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida barcha o‘quvchilar “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi Mustaqillik darslariga jalb etildilar. Mazkur darslarda o‘quvchilarga Vatanimizning boy va shonli tarixi, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar hamda yosh avlodning mamlakatimiz kelajagidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!