Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnat munosib e’tirof etildi!!!
Mamlakatimiz hayotidagi ulug‘ ajoyib ayyomlar – Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi nishonlanayotgan ushbu shukuhli kunlarda yurtimiz ravnaqi, ta’lim tizimini rivojlantirish va yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari uchun fidoyi insonlar yuksak e’tirofga sazovor bo‘lmoqdalar.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga asosan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litsey direktori Kudratov Akmaljon Ibodillayevichga tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu yuksak mukofot yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonidagi faol ishtirok, soha rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissa hamda ko‘p yillik halol va vijdonan bajarilgan mehnatning amaldagi yorqin ifodasidir.
Akmaljon Ibodillayevich bu e’tirofga javoban o‘zining quyidagi samimiy va qalbso‘zlarini izhor etdi:
“Xalqimizga, jonajon Vatanimga va albatta xalqparvar Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilishda davom etaman!”
Litseyimiz jamoasi va barcha hamkasblar nomidan Akmaljon Ibodillayevichga ushbu sharafli esdalik nishoni muborak bo‘lishini tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi va ta’lim-tarbiya ishlaridagi ezgu faoliyatlarida ulkan zafarlar, sihat-salomatlik va oilaviy xotirjamlik hamroh bo‘lishini tilab qolamiz!
