Dolzarb 90 kun
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.
Jumladan, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan o‘quvchilar Vatanga sadoqat, uni sevish va himoya qilish, harbiy intizom asoslari hamda zamonaviy harbiy jihoz va vositalardan xavfsiz hamda belgilangan tartibda foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini boyitib, o‘z mahoratlarini oshirmoqdalar.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar yoshlarning Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, ularda yurt tinchligi va xavfsizligini asrash mas’uliyatini shakllantirish hamda Vatan himoyachilariga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qilmoqda.
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada, ko‘tarinki ruh va keng qamrovda davom etmoqda.
