“Dolzarb 90 kun” — yozgi ta’tilni bilim va ijod bilan boyitish sari!
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali tashkil etishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda.
Loyiha doirasida fan, sport, san’at va ijod yo‘nalishlaridagi to‘garaklar muntazam faoliyat yuritib, o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, iste’dodini namoyon etish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Xususan, rassomchilik va dizayn to‘garaklarida ishtirok etayotgan yoshlar ijodiy yondashuv, tasviriy san’at sirlarini o‘rganish hamda zamonaviy dizayn elementlarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha o‘z mahoratlarini yanada oshirmoqdalar.
Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarning estetik didini shakllantirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va yangi g‘oyalarni erkin ifoda etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada ishlash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada, ko‘tarinki ruh va keng qamrovda davom etmoqda.
