“Dolzarb 90 kun” — yoshlar manfaatlari yo‘lida!

“Dolzarb 90 kun” — yoshlar manfaatlari yo‘lida!

“Dolzarb 90 kun” — yoshlar manfaatlari yo‘lida!

Yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida turli yo‘nalishdagi to‘garaklar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil tashkil etilmoqda. Loyiha doirasida yoshlarning qiziqishlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fan, sport hamda ijodiy yo‘nalishlardagi mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilmoqda. Jumladan, shaxmat-shashka, basketbol va stol tennisi bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklarda ishtirokchilar sportning nazariy asoslari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham egallab, o‘z mahoratlarini muntazam oshirib bormoqdalar. Quvonarlisi, mazkur mashg‘ulotlarda nafaqat akademik litsey o‘quvchilari, balki Qarshi shahridagi “Neftchi” mahallasi yoshlari ham faol qatnashib, o‘z qobiliyatlarini namoyon etish, sport va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar ko‘tarinki ruh, yuqori saviya va keng qamrovda davom etmoqda.