“Dolzarb 90 kun” doirasidagi to‘garaklar yoshlar xizmatida!
Yozgi ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator tadbirlar va to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida yoshlarning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijodiy, fan hamda sport yo‘nalishlaridagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Xususan, milliy musiqiy cholg‘u asboblarida ijro etish sirlarini o‘rgatish, milliy raqs san’ati bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘zlashtirilmoqda.
E’tiborlisi, ushbu to‘garaklarda nafaqat akademik litsey o‘quvchilari, balki Qarshi shahar “Neftchi” mahallaси yoshlari ham faol ishtirok etib, o‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
Qarshi davlat texnika universiteti Nuriston akademik litseyida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yuqori kayfiyat va keng qamrovda davom etmoqda!
