Qarshi DTU Nuriston akademik litseyida medal va diplom topshirish maro...

Qarshi DTU Nuriston akademik litseyida medal va diplom topshirish marosimi

Qarshi DTU Nuriston akademik litseyida medal va diplom topshirish marosimi

✅QarDTU Nuriston akademik litseyida “Yangi O‘zbekistonning baxtli yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” mavzusida medal va diplom topshirish marosimi ko‘tarinki kayfiyatda tashkil qilindi! Tantanali marosimda universitetning Yoshlar ishlari bo‘yicha birinchi prorektori A.O.Murtazayev so‘zga chiqib, bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirib, akademik litseyni a’lo baholar bilan tugatgan 10 nafar bitiruvchiga “Oltin medal” hamda 10 nafar bitiruvchiga “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasi va sertifikatlarini, shuningdek, 66 nafar bitiruvchilarga “A’lo darajali” diplomlarni topshirdi. Tadbir davomida 2025-2026-o’quv yilida namunali faoliyat olib borgan akademik litsey o’qituvchilari rektor tashakkurnomasi hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 🎓 YANGI YUTUQLAR, YANGI MARRALAR! Joriy o‘quv yilida akademik litseyimizni 336 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Bu yilgi bitiruvchilarimiz nafaqat bilim va salohiyati, balki erishgan ulkan yutuqlari bilan ham alohida e’tirofga loyiqdir. 🏛 40 nafardan ortiq bitiruvchimiz dunyoning nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi. 📚 Xalqaro va milliy sertifikatlar sohiblari safi tobora kengaymoqda: ⭐️ 8 nafar bitiruvchi xalqaro SAT sertifikatini qo‘lga kiritdi; ⭐️ 5 nafar bitiruvchi oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal 189 ball natijasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi; 🌍 Chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi 181 ta xalqaro va milliy sertifikat bitiruvchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritildi; 🔬📖 Umumta’lim fanlari bo‘yicha esa 411 ta milliy sertifikatga sazovor bo‘ldilar. Ushbu natijalar bitiruvchilarimizning izchil mehnati, ustozlarimizning fidokorona sa’y-harakatlari hamda ota-onalarimizning ishonchli ko‘magi samarasi hisoblanadi. Azmu shijoatli bitiruvchilarimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy tabriklaymiz va ularning kelgusi ta’lim hamda kasbiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!