TABRIKLAYMIZ!
Akademik litseyimizning ingliz tili fani o‘qituvchisi Abdunazarova Tursunoy Baxtiyorovna ham o‘z fanini bilish darajasini yana bir bor yuqori saviyada namoyon etib, xalqaro baholash tizimi bo‘yicha C1 darajadagi sertifikat sohibasi bo‘ldi!
Ushbu yuksak natija Tursunoy Baxtiyorovnaning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, chuqur bilim va tajribasi, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi samarali mehnatining yana bir e’tirofidir.
Tursunoy Baxtiyorovnani ushbu munosib yutuq bilan akademik litsey jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, pedagogik faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va
shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.
Yutuqlaringiz davomli bo‘lsin, Tursunoy Baxtiyorovna!
Akademik litseyimiz nufuzini yanada yuksaltirishdagi xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
