Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida boʻlib, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdi
Vazir tashrif davomida institut hamda viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rahbariyati bilan muloqot oʻtkazdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan muhim jihatlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Soʻngra 2-sonli talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar oʻrganildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirildi. Yotoqxona atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
