TABRIKLAYMIZ!
Akademik litseyimizning oliy toifali Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Turdiyeva Munisa Burxonovna o‘z fanini bilish darajasini yana bir bor yuqori saviyada namoyon etib, milliy baholash tizimi bo‘yicha A+ darajadagi sertifikat sohibasi bo‘ldi!
Ushbu yuksak natija Munisa Burxonovnaning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, chuqur bilim va tajribasi, shuningdek, ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi samarali mehnatining yana bir e’tirofidir.
Munisa Burxonovnani ushbu munosib yutuq bilan akademik litsey jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, pedagogik faoliyatingizda yanada ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va
shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.
Yutuqlaringiz davomli bo‘lsin, Munisa Burxonovna!
Akademik litseyimiz nufuzini yanada yuksaltirishdagi xizmatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
